
"Muallimis-Soniy" — arab tilini o‘qish va yozishni o‘rgatishga mo‘ljallangan boshlang‘ich darslik bo‘lib, "Qur’oni Karim"ni to‘g‘ri talaffuz bilan o‘qish uchun asosiy poydevor hisoblanadi. Kitobda harflarni to‘g‘ri chiqarish, harflar birikmasi, harakatlar, madd, tashdid, sukun kabi qoidalar oddiy va tushunarli tarzda bayon etiladi. "Muallimi-Soniy" arabcha o‘qishni mukammal o‘rganishga tayyorgarlik bosqichi hisoblanadi.